Ronaldu: "Saudiya chempionati MLSdan yaxshiroq"

  • 18 iyul, 2023, 05:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"An-Nasr" o‘rtoqlik bahsida "Selta"ga qarshi maydonga tushib, 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi. 

"Men uchun Evropa futbolining eshigi yopiq. Hozir 38 yoshdaman va Evropa ham o‘z sifatini yo‘qotdi. Faqatgina APL kuchli. Bu chempionat boshqalardan ancha oldinda". 

"Mening Saudiyaga tashrifim boshqa futbolchilarning ham bu erga kelishi uchun 100 foiz muhim bo‘ldi. Bu fakt. Men "Yuventus"ga o‘tmasimdan oldin A Seriya o‘lgandi. Turinliklar bilan shartnoma imzolaganimdan keyin chempionat qayta tiklandi. Ronaldu qaerga bormasin, katta qiziqish uyg‘ota oladi".

"Saudiya chempionati MLSdan yaxshiroq. Men Saudiyaga yo‘l ochdim. Endi hamma bu erga kelmoqda", - dedi portugaliyalik hujumchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Баходир Муминов
18/07/2023 14:30
Лавзи йук камрох гапир сенга эмас Пеналду?