Ronaldu va "An-Nasr" o‘rtasidagi yangi shartnoma masalasi so‘roq ostida qoldi

  • 10.05.2025 14:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi rahbariyati Krishtianu Ronalduning "Al-Ittihod"dan (2:3) keyingi harakatlaridan mamnun emas. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Uchrashuv tugashi bilan Ronaldu g‘azabli ishoralar qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionni tark etgan — u hatto kiyinish xonasiga ham kirmagan. Undan oldin esa maydonda yolg‘iz turib, o‘z-o‘ziga gapirgan va o‘yindan chiqib ketgan "An-Nasr"ni hafa bo‘lgan holda kuzatgan edi.

Manbaga ko‘ra, avvalroq portugaliyalik futbolchi bilan ikki yillik yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Biroq, so‘nggi voqealardan so‘ng muzokaralar to‘xtagan va hozirda vaziyat noaniq. Ronalduning amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “An-Nasr” chempionat yakuniga 4 tur qolganida etakchi “Al-Ittixod”dan 11 ochkoga ortada qolgan holda, turnir jadvalining 4- pog‘onasini band etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!