
Ronaldu "Yuventus"dan kenganidan so‘ng turinliklarning instagramdagi sahifasi 2 kun ichida qancha obunachi yo‘qotganini bilasizmi?
Hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi Turin klubining ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligiga ta’sir ko‘rsatdi.
Ikki kun ichida 200 ming kishi "Yuventus"ning instagramdagi sahifasiga obunani bekor qildi, deb xabar berdi beIN Sports jurnalisti Tankredi Palmeri.
Hozirda "Yuve"ning instagramida 51 million obunachi bor.
Fikrlar