Asosiy mazmunga oʻtish

Ronalduning butun karerasidagi gollari soni aniqlandi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Saudiya Pro-ligasi komissiyasi bahsli golni avtogol emas, rasmаn Krishtianu Ronaldu urgаnini tasdiqlab, uning gollari sonini 982 taga yetkazdi.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasidagi so‘nggi bahslardan biri – «Al-Nasr»ning «Al-Faysali»ga qarshi o‘yinida urilgan ikkinchi gol atrofida munozaralar hali ham to‘xtagani yo‘q. Ushbu gol kimga yozilishi masalasida turli manbalar turlicha ma’lumot bergan edi: liga rasmiy zarbani Krishtianu Ronalduning hisobiga yozgan bo‘lsa, Xalqaro futbol federatsiyasi esa bu holatni avtogol sifatida qayd etgandi.

Pro-liga qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi komissiya ushbu vaziyatni qayta ko‘rib chiqqan. Tekshiruv natijasida gol avtogol emas, balki rasmiy Krishtianu Ronaldo tomonidan urilgan deb topilgan.

Shu tariqa, Ronalduning shaxsiy statistikasi yana bir bor yangilandi: hozirgi paytda uning karerasidagi rasmiy gollar soni 982 tani tashkil etmoqda.

«Krishtianu Ronaldo ushbu gol muallifi ekanini rasmiy tasdiqlash uchun barcha zarur rasmiy tartib-taomillar amalga oshirildi», – deya yozadi Abdulaziz al-Muraysel.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qabul qilingan qaror va golning Ronaldo foydasiga yozilgani haqida futbolchining o‘ziga ham allaqachon xabar berilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q