Ronalduning keragi yo‘q!

  • 13.07.2022 13:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

PSJ Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamayapti. 

Hujumchining agenti Jorje Mendesh PSJga portugaliyalik bilan shartnoma imzolashni taklif qildi. Bu haqda "As" nashri "Le Parisien"ga tayanib xabar berdi. 

Parijliklar rahbariyati Mendeshning taklifiga javoban, 37 yoshli hujumchi klub rejalaridan joy olmaganini aytdi. 

Avvalroq, Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoa safiga bormoqchiligi va MYuni tark etish niyatida yurgani haqida xabarlar chiqayotgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!