Ronalduning o‘g‘li “Real” bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdi

  • 25.03.2026 18:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr" hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Krishtianu Ronaldo Zhunior Madriddning "Real" klubi akademiyasida U16 jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Portugaliyalik to‘laqonli ravishda ispan klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida The Athletic xabar bermoqda.

Ayni paytda kichik Ronaldo Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi sharafini himoya qilmoqda. Avvalroq futbolchi Portugaliyaning 15 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga Xorvatiyadagi xalqaro turnirga chaqirilgan va u yerda terma jamoaga finalda mezbonlarni mag‘lub etishga yordam berib, dubl qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldo 2009-2018 yillarda Madriddning "Real" klubi sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng Turinining "Yuventus" klubiga o‘tgan edi. "Qaymoqranglilar" safida portugalialik 438 ta o‘yinda 450 ta gol urdi va 131 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!