Rossiya chempionatiga yana bir yulduz futbolchi kelib qo‘shiladi

  • 8 sentabr, 2018, 14:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi afsonasi Jon Terri Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha ayni damda erkin agent maqomida yurgan 37 yoshli angliyalik futbolchi aynan rus klubi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Terri “Spartak”da uzoq muddatga safdan chiqqan Samyuel Jigoning o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Terrining so‘nggi jamoasi “Aston Villa” bo‘lgan edi. Ta’kidlash lozimki, u bundan avvalroq bergan intervyusida hozir so‘nggi 8-10 yil ichidagi eng xo‘r sport formasida ekani haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!