Rossiya klubi “Nasaf”ga qarshi o‘ynashini e’lon qildi

  • 29 dekabr, 2023, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi vakili “Fakel” qishki tanaffusdan Turkiyada ucht o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Tecno

Varonejliklar o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida jami 13 ta sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishi belgilangan.

Bosh murabbiy Sergey Tashuev shogirdlari yangi yildagi ilk uchrashuvini 15 yanvarda Ozarbayjonning “Sabail” klubiga qarshi o‘tkazadi. Keyingi bahs to‘rt kundan keyin Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan bo‘ladi.

“Fakel” jamoasi Turkiyada mazkur ikki uchrashuvdan tashqari Rossiya, Sloveniya, Janubiy Koreya va Qozog‘iston futbolchilari bilan ham kuch sinashadi.

Voronej shahri sharafini himoya qilayotgan “Fakel” Rossiya Premer-ligasida 11-o‘rinni egallab turibdi. “Nasaf” esa, O‘zbekistgn Superligasini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!