Rossiya kubogi. "Rubin" safarda mag‘lub bo‘ldi, legionerlarimiz esa...
Rossiya kubogidan o‘rin olgan "Ural" - "Rubin" bahsi o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Bikfalvi va Egorichev mualliflik qildi. "Rubin" safida hamyurtlarimizdan biri Rustam Ashurmatov to‘liq o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Umarali Rahmonaliev zaxirada qoldirildi.
Ma’lumot o‘rnida, qozonliklar Rossiya kubogi guruh bosqichida 4 ochko bilan 4 jamoa ichida so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar