Rossiya matbuoti “Lokomotiv” (Moskva) o‘zbekistonlik 18 yashar vunderkindni olayotganini bong urmoqda!

  • 17 iyun, 2020, 00:05
  • 2
  • Futbol

Rossiya premer-ligasida O‘zbekiston futboli tarbiyalanuvchilari Eldor Shomurodov va Oston O‘runovning muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin rus klublarining milliy chempionatimizda to‘p surayotgan iste’dod egalariga qiziqish tobora ortib bormoqda.

Rossiya ommaviy axborot vositalari yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi 18 yoshli Jasur Jaloliddinovni transfer qilish masalalarini yakunlayotgani haqida yozmoqda.

jaloliddinov2_1

“Lokomotiv” rahbariyati bo‘lajak transfer bo‘yicha “Bunyodkor” klubiga murojaat qildi. Yarim himoyachi ayni paytda 450-500 ming evroga baholanmoqda va tez orada bu transfer rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Jasur Jaloliddinov 2018 yilning avgust oyida “Bunyodkor” tarkibida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. U O‘zbekiston chempionati yuqori ligasida o‘yinga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan. Debyut uchrashuvini o‘tkazgan kuni Jasur 16 yoshu 80 kunlik edi.

jaloliddinov4_1

Bundan tashqari, hamyurtimiz 2019 yilning oktyabr oyida The Guardian nashri tomonidan e’lon qilingan “2002 yilda tug‘ilgan dunyoning 60 nafar eng iqtidorli yosh futbolchilari” ro‘yxatidan joy oldi.  

Statistik ma’lumotlarda Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor” tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga uchta gol kiritgan va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatgan.

Jasur anchadan buyon Evropa klublari e’tiborida turganini aytish joiz. U Italiyaning “Benevento” klubiga ham borib, mahoratini oshirib kelgandi. Shuningdek, Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi ham o‘zbek futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirdi. Biroq, futbolchining o‘zi sports.uz portaliga bergan intervyusida unga takliflar ko‘pligi, lekin mutaxassislar va yaqinlari bilan maslahatlashib, legioner sifatidagi faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida boshlamoqchiligini ma’lum qilgan edi.

5981557685125

Darhaqiqat, ko‘pchilik uning bu qarorini to‘g‘ri, deb hisoblamoqda. Evropaning kuchli chempionatlari va mashhur klublariga borgani bilan 18 yoshli futbolchi bor iste’dodini namoyish eta olmasligi yoki unga  mahoratini ko‘rsatish uchun etarli darajada imkon berilmasligi mumkin. Tarixda bunaqa vaziyat ko‘p bo‘lgan. Biz uchun esa bir paytlar yoshligida “Yuventus” bilan shartnoma imzolab, Turin klubi tarkibiga kira olmagan Ilyos Zeytullaevning tajribasi yorqin misol bo‘la oladi.

Bugungi kunda o‘zbekistonlik futbolchilar uchun Rossiya premer-ligasida muvaffaqiyatli to‘p surish orqali Evropaning kuchli klublari e’tiborini qozonish eng maqbul variantlardan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, “Rostov”da to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatayotgan Eldor Shomurodov aynan Rossiyadagi o‘yinlari bilan evropaliklar e’tiboriga tushdi.

1563182463_0_18_2631_1498_600x0_80_0_0_c1a6580906a49e688d395043f590b018

 “Lokomotiv” rahbariyati va “Bunyodkor” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Jasur Jaloliddinov moskvaliklar bilan shartnoma imzolaganidan keyin yarim yil davomida O‘zbekiston chempionatida to‘p suradi. Keyin Moskvaga uchib ketadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgo'y
15/06/2020 19:59
Bervorina 18 yosh bulsa yoshakan demasdan mbappe jaxonni oberdi bu yoshda bizikilachi 26 yosh bulsa xam yosh dishadi tekinga bervorina uuin amalyoti kuchayadi mtj ga foyda xozirgi termamizga tortadigan 2 ta uyinchi bor shomurodov bn urunov qolganlari uz ustida ishlashi kerak 120 daqiqa yugurip charchamaydigan xolatga opkelish kerak masalan chetdagi uyinchila bitta uyinda 15km yuguradi bizzikila 5 km chetka europaga berish kere ???????? the same bu osiyoda arab koreala befoyda kop pul beradi lekin tajribasi europanikidan kam ancha past
Abbos Axmedov
17/06/2020 01:42
Shomurodov va Urunov debsiz Jaloliddin Masharipov Doston Hamdamov va yana uylab qarasa yahshi yosh tajribali fudbolchilar bor Mana masalan yaqinda uzbekiston fuqoroligini olgan Igor Golbon xam bor