Rossiya premer-ligasida ilk bor VAR ishladi
Kecha Rossiya premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Rubin" uchrashuvida videoassistent referi (VAR) tizimi ilk bor qo‘llanildi. Bu haqda rus nashrlari xabar tarqatmoqda.
Biroq, VAR tizimi oflayn, ya’ni test rejimida ishlagan. Ta’kidlash kerakki, bungacha RPLning hech bir o‘yinida ushbu tizimdan foydalanilmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Rossiyada VAR’dan faqatgina mamlakat kubogi yarim final uchrashuvlari hamda premer-ligaga o‘tish o‘yinlarida foydalanilgan edi.
Fikrlar