Rossiya terma jamoasi futbolchisi uchun "Real", "Barsa" va "Atletiko" kurash boshladi

  • 12.03.2021 23:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Chempionat" nashrining xabar berishicha, 24 yoshli rossiyalik futbolchiga La Liganing kuchli oltiligida borayotgan jamoalar - "Atletiko", "Barselona", "Real", "Sevilya", "Real Sosedad" va "Betis" da’vogarlik qilmoqda. Ular Golovinni yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda.

Golovin joriy mavsum "Monako" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 19 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!