Rossiyalik ekspert Abduqodir Husanovni iqtidorsiz futbolchilar toifasiga qo‘shdi

  • 16.12.2025 00:00
  • Bilolbek Imomov
  • 5
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik ekspert Vladimir Mantsev O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. 

— Qarang, u juda iqtidorli himoyachi, ammo, afsuski, hozircha "Manchester Siti" unga unchalik mos kelmayapti. U "Lans"da o‘ynab, muayyan yutuqlarga erishgan, ammo "Manchester Siti"ga kelganingda bosim eng yuqori darajada bo‘ladi.

Gvardiola uni markaziy himoyachi sifatida sinab ko‘rdi va u hozircha bu vazifani bajara olmayotganini tushundi. Qanot himoyachisi sifatida ham ko‘rib chiqdi — oldingi harakatlarda ijodkorlik etishmaydi. Tezligi bor, albatta. Vinisiusni quvib etgan epizodni eslaysiz. Ammo "Manchester Siti"da o‘ynash uchun maydondagi fikrlash, ya’ni "bosh bilan o‘ynash" etishmayapti. Chunki u erda aqlli futbol o‘ynaydiganlar jamlangan.

Manchester, United Kingdom Abdukodir Khusanov of Manchester City looks on during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD5 match between...

Rostini aytsam, men uni "o‘rtacha" yoki “iste’dodsiz” toifasiga qo‘yish haqida o‘yladim. Lekin mening yaqin do‘stim O‘zbekiston fuqarosi, shuning uchun "iqtidorsiz" degan toifaga qo‘ysam, barcha o‘zbeklar menga qarshi chiqadi. Rostdan ham, meni "sochib tashlashga" tayyor bo‘lishadi. Ammo baribir men ko‘proq “iste’dodsiz” degan fikrga moyilman.

Do‘stlar, hammasi yaxshi bo‘ladi. Lekin, afsuski, u "iqtidorsiz" toifasiga tushadi, — dedi Mantsev.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy yilning yanvar oyida Frantsiyaning "Lans" jamoasidan "Manchester Siti" safiga o‘tgan edi. Ushbu mavsumda u "shaharliklar" tarkibida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
16/12/2025 02:11
К...кни ебсан,оккулок
&
Болельщик
16/12/2025 01:52
Хорами оккулок. Узини нормальный защитники йугку
&
Рахимов Илхомжон
16/12/2025 11:27
Вакт курсатади , иншаоллох Абдукодир уз сузини айтади
Baxil Alihuja
16/12/2025 06:52
бир тулки гарк пишган узумни емокчи булиб роса харакат килибди. буйи етмабди
кейин пишмаган узум экан, шунга олмадим дебди
&
Mr. Azimov
16/12/2025 02:40
Иқтидорсиз дегани нотўғри албатта. Аммо олдинги фикрида бироз жон бор. Озгина ақл билан ўйнаш йетишмаяпти. Сабаби қолган ўйинчилар билан мулоқоти яҳшимас. Хали ҳам тил билан муаммоси бор, аксига олиб тортинчоқроқ. Ва яна бир сабаб янги оила қурган, чалгиш бўлади одамда.