"Rostov" daniyalik to‘purarni olib kelmoqchi

  • 10 iyul, 2020, 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lex" klubi hujumchisi Kristian Gyutkyaer faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tipsbladet nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli daniyalik futbolchi uchun "Rubin" va "Rostov" klublari kurash boshlagan. Aytish kerakki, Gyutkyaer erkin agent hisoblanadi va  yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Ushbu futbolchiga shuningdek "Gengam" va "Gamburg" klublaridan ham qiziqishlar bor.

Gyutkyaer joriy mavsum “Lex” safida 31 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va Polsha chempionatining eng yaxshi to‘purari deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!