Ro‘ziqul Berdiev: "Keling, bugun hech kimni ayblamaylik"
OChLning 4-turida "Nasaf" "Sharja"ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlab, Jigauri penaltidan gol ura olmagach, Marega hisobni ochdi. Zaxiradan maydonga tushgan Lima esa jamoani qutqardi. Mazkur bahsdan keyin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hamma ko‘rdi, raqib 1 ochko uchun vaqtni cho‘zishga urindi. Shunga qaramasdan o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik. Faqatgina bir marta javob bera oldik. Ustunlik bizda bo‘ldi. Ko‘proq hujum qildik. Afsuski, natija biz kutgandek bo‘lmadi".
"Alibek oxirida ehtiyotkor o‘ynashi kerak edi. Biz uni yoki Jigaurini aybdor, demaymiz. Sababi, butun jamoa harakat qildi. Agar hisobni biz ochganimizda vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Umumiy holatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsa, bugun biz yaxshiroq o‘ynadik. Raqibni to‘g‘risi himoyaga "yotib olish"ini kutmagandik. Ular qarshi hujumlarga ko‘proq e’tibor qaratadi, deb o‘ylagandik. Nimagadir jamoa ochiqchasiga himoyalandi. Aybdorni izlamaylik, yigitlar harakat qildi",- dedi Berdiev.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" o‘z guruhida 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Sharja" esa hamon peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar
Нима РУЗИКУЛ чикиб пеналтени тепиш керакмиди.
Бу хаммаси ОЛЛОХдан.
Хам да ОКМКА Билан финалга ОМАД.