Ro‘ziqul Berdiev: Ochko bizdan ko‘ra raqibga ko‘proq zarur edi

  • 29 noyabr, 2018, 19:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “So‘g‘diyona” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Biz bugun faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga chiqqan edik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz uncha qovushmadi. Shu sababdan tanaffusda yigitlar bilan jiddiy gaplashib oldik va natijada ikkinchi bo‘limni ancha mazmunli o‘tkazdik. Gol kiritdik va yakunda g‘alabani saqlab qola oldik. Bugun raqib jamoa ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Ochko bizdan ko‘ra ularga ko‘proq kerak edi. Lekin himoyachilarimiz ularga aslo imkon berishmadi. Bu yilgi oldimizda turgan asosiy vazifa – mavjud jamoani saqlab qolish edi. Buni uddalay oldik, deb o‘ylayman. Bizni hamisha qo‘llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!