RPL. "Nijniy Novgorod" o‘z maydonida "Spartak"ka mag‘lub bo‘ldi. Yo‘ldoshev esa...
Bugun, 2 oktyabr kuni Rossiya Premer-ligasining 11-turida “Nijniy Novgorod” - “Spartak” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bahs 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvdagi hisob 37-daqiqada ochildi: Mamadu Mayga gol urib, maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi - 1:0. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlarga boy o‘tdi, biroq dastlabki taymda boshqa gol kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘lim ham keskin kurashlar ostida boshlandi. O‘yindagi ustunlik biroz moskvaliklar tomonda edi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. 66-daqiqada Shamar Nikolson o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, tablodagi natijani 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 75-daqiqa kelib "Spartak" penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kvinsi Promes 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Mazkur natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va "Spartak" safarda "Nijniy Novgorod"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Maydon egalari safida harakat qiladigan legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘yinning 60-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Fikrlar