RPL. "Rubin" alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
RPLning 3-turidan o‘rin olgan "Rubin" - "Ximki" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab, Daku hisobni ochgan bo‘lsa, Xosonov imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan keyin Yukich jamoasini oldinga olib chiqqan edi. Ammo mehmonlar ikki marta javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Ashurmatov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa, "Rubiin" turnir jadvalida 9-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar