Ruben Amorim: "Hammasi mashg‘ulotlar va o‘yinlardagi ishga bog‘liq"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim akademiya futbolchilarining o‘yin vaqti kamligi haqida fikr bildirdi. U joriy mavsumda Kobbi Maynuni nega asosiy tarkibdan tushirmayotgani sabablariga ham to‘xtaldi.
20 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasida 10 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq hali biror marta uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlamagan.
— Oxir-oqibat hammasi mashg‘ulotlar va o‘yinlardagi harakatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Albatta, u ko‘p o‘ynayotgani yo‘q, ammo Kobbining imkoniyatlari bo‘lgan, ayniqsa o‘tgan mavsumda. Bu imkoniyatlar barcha futbolchilarda bo‘lgan.
Harri Amass hozir Chempionshipda qiyinchilikka duch kelyapti. Chido Obi-Martin esa 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasida ham har doim asosiy tarkibda o‘ynayotgani yo‘q.
Bu futbolchilarning barchasi shunday paytlarda maydonga tushganki, ko‘pchilik "murabbiyni iste’foga chiqaring" deb aytgan. Shuning uchun, ko‘rib turganingizdek, men xavotir olmayapman, — dedi Amorim.
Fikrlar