
"Rubin"da o‘ynaydigan legionerlarimiz O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi
Rossiyaning "Rubin" klubida o‘ynaydigan legionerlarimiz Rustam Ashurmatov hamda Umaralarali Rahmonaliev O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi. Bu haqda Qozon klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Srechko Katanets boshliq O‘zbekiston termasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida jahon chempionati saralashi doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Dastlab, 16-noyabrda safarda Turkmaniston bilan kuch sinashsa, 21-noyabr kuni Eronni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov AQShda bo‘lib o‘tgan yig‘inda ham qatnashgan edi. 27 yoshli himoyachi “CAFA Nation’s Cup 2023” musobaqasida esa qatnashmagan edi.
Umarali Rahmonaliev U23 Osiyo kubogi saralashi doirasida Afg‘oniston, Gonkong va Eron terma jamoalari bilan o‘ynaydigan O‘zbekiston U23 terma jamoasiga chaqirilgan edi.
Fikrlar