
Anastasiya Potapova Dubayda dam olmoqda
Ayni kunlarda dunyo xalqlarini sarosimaga tushurayotgan koronavirus, barcha turdagi tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymayapti va odamlarni chet davlatlariga chiqishini cheklamoqda.
Biroq rossiyalik tennischi Anastasiya Potapova Dubay shahrida hordiq chiqarmoqda. U o‘zining instagramida qanday dam olayotganini aks ettiruvchi suratlarni joyladi va quyidagicha izoh yozdi:
"Bu mening ushbu haftadagi rejalarimning boshlanishi"
Eslatib o‘tamiz, Xotin-qizlar tennis uyushmasi joriy yilning 2 may kuniga qadar har qanday musobaqalarni o‘tkazmaslikka qaror qildi.
Fikrlar