Asosiy mazmunga oʻtish

Ruslan Abdullaev prof boksdagi ikkinchi jangidayoq kamarni qo‘lga kiritdi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Hamyurtimiz g‘alaba qozondi.

Super engil vazn toifasidagi professional bokschimiz Ruslan Abdullaev ikkinchi jangini yakunladi.

AQShning Kaliforniya shtati Oushensayd shahrida tashkil etilayotgan prof boks oqshomida 22 yoshli hamyurtimizga filippinlik Jino Rodrigo raqib bo‘ldi. Sakkiz raund to‘liq davom etgan jangda charm qo‘lqop ustamiz raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan (80:71, 80:71, 80:71) mag‘lubiyatga uchratdi.  

E’tiborlisi, Oskar De La Xoyyaga tegishli "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi mijozi bo‘lgan Ruslan Abdullaev prof boksdagi ikkinchi jangidayoq WBA Continental kamarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q