Rustam Shoabdurahmonov Qilichbozlik federatsiyasidan ketdi. Uning o‘rniga yangi rahbar saylandi (Foto)

  • 27 may, 2022, 16:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi o‘tkazildi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Tadbirda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mutasaddilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda dastlab shu davrgacha O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqildi va delegatlar tomonidan qabul qilindi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tildi. Unda “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Abdusamatov Maqsud Abduvalievichning nomzodi O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferentsiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Shu tariqa Maqsud Abdusamatov O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi etib saylandi.

b6a2a62268960a6a66d17492a6403bc6

- Avvalambor, menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Hozirda ushbu sport va qilichbozlik oilasining ichiga kirib, vaziyat bilan yaqindan tanishmoqdaman. O‘rganishlar asosida yangi istiqbolli rejalarni shakllantiramiz. Oldimizda turgan yirik musobaqalarda sportchi va murabbiylarimizning muvaffaqiyatga erishishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz, – dedi Maqsud Abdusamatov.

So‘ng kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga yangi bosh kotib saylandi. Unga ko‘ra, ushbu vazifada faoliyat ko‘rsatib kelgan Gulnora Saidova mazkur lavozimga qayta saylandi.

Konferentsiya ishtirokchilari Rustam Shoabdurahmonovning boshqaruvi davrida o‘zbek qilichbozligi qayta uyg‘onganligi, yoshlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni etishib chiqqani, Olimpiya o‘yinlariga ilk bor 3 ta litsenziya qo‘lga kiritilganini alohida ta’kidlab o‘tishdi. O‘z navbatida yangi saylangan rahbarga ushbu g‘alabalarni davom ettirish yo‘lida kuch-g‘ayrat tilashdi.

Shu tariqa O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi o‘z ishini yakunladi.

75dc1b15e8548bff9e1b5a6eb5f08e7b

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!