
Rustam To‘laganov qachon ringga qaytishini ma’lum qildi
Rio Olimpidasi bronza medali sohibi, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan bokschilaridan biri Rustam To‘laganov ayni vaqtda AQShda istiqomat qilmoqda. Uning boksdagi faoliyati qay tarzda kechadi? Ya’ni, u faoliyatini yakunladimi yoki yangliklar kutilyaptimi? Biz ushbu savollar bilan mahoratli bokschimizga murojaat qildik,
- Ha, hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlaridaman. Albatta, yangiliklar bo‘ladi. Yilning ohirida professional faoliyatimni davom ettirgan holda, AQShda jang qilmoqchiman. 79-80 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilish niyatidaman. Hozircha aniq bir fikr bildira olmayman. Qaysi, shtatda bo‘ladi yoki boshqa...Barchasi aniq hal bo‘lgandan keyin ma’lum qilamiz.
Ma’lumot uchun, Rustam To‘laganov professional faoliyati mobaynida 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar