Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Sabina Boboqulova yarim finalga yo‘l oldi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Vakilamiz chorak finalda g‘alaba qozondi.

Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Bugun ham bokschilarimiz chorak finalda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangan.

-51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan jangda, Sabina Boboqulova Janubiy Koreya vakilasi Mun Gaeondan 5:0 hisobida ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir bokschimiz Oysha Toirova va ukrainalik Anastasia Chernokolenko to‘qnashuvi kutmoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q