Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Sablyachimiz yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi sovrindori bo‘ldi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Toshkent shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida o‘tgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida yoshlar toifasida 89 nafar kuchli qilichboz qizlar yakkalik bahsida kuch sinashdi.

Quvonarlisi, Milliy terma jamoamiz a’zosi Ayakoz Jumamuratova musobaqaning boshidan oxirigacha o‘zining qat’iyati, mahorati va ajoyib texnikasi bilan barcha janglarda raqiblarini ochkolar farqi bilan ortda qoldirib, finalga munosib tarzda yo‘l oldi!

Final bahsi yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

1. Tallada Karina
2. Jumamuratova Ayakoz (O‘zbekiston)
3. Wojcik Gabriela
3. Komjathy Boglarka

Bu haqda O‘zbekiston Sport vazirligi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q