Saidakbar Saydaliev "Budapest Spring Festival 2026"da 2-o‘rinni egalladi

  • 08.03.2026 13:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

27 fevral – 7 mart kunlari Vengriya poytahti Budapeşt shahriда nufuzli "Budapest Spring Festival 2026" xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 34 davlatdan 187 nafar shaxmatchi qatnashdi. O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Saidakbar Saydaliev “A” guruhida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 7 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi va 1700 AQSh dollari miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u o‘z reytingini +29,3 ga oshirdi.

Turnirda qatnashgan boshqa yurtdoshlarimiz natijalari:

“A” guruhi

Xumoyun Begmuratov — 6 ochko, 11-o‘rin (+14,2 reyting)
Abdimalik Abdisalimov — 5 ochko, 26-o‘rin
Muhammadali Abdurahmonov — 5 ochko, 39-o‘rin
Ortiq Nigmatov — 1 ochko, 102-o‘rin

“B” guruhi

Behruz Umarov — 7 ochko bilan 4-o‘rin (+26,8 reyting)

Budapeştdagi turnir o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun yana bir muvaffaqiyatli xalqaro musobaqalardan biri bo‘ldi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!