Sakkizta jamoada o‘ynagan futbolchi olti yilga qamaldi

  • 07.05.2023 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Koke nomi bilan mashhur bo‘lgan ispaniyalik sobiq futbolchi Serxio Kontreras olti yil muddatga qamaldi.

Hujum chizig‘ida o‘ynagan Koke narkotrafik tashkil qilish, uni boshqarish, xorij mamlakatlariga giyohfand moddalar jo‘natishda aybdor, deb topilgan va ozodlikdan mahrum qilingan.

Kontreras aslida “Malaga” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Frantsiyaning “Marsel”, Portugaliyaning “Sporting”, Gretsiyaning “Aris”, Germaniyaning "Yan Regensburg” klubilarida legioner sifatida to‘p tepgan.

O‘z yurtida “Malaga”dan tashqari, “Rayo Valekano” hamda “Baka” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, Koke ummonortiga yo‘l olib, “Dinamo-Xyuston” jamoasi safida AQSh chempionatida ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!