Saloh “Liverpul” o‘rniga hujumchi olayotganini bilib qoldi va yana norozilik bildirdi
O‘tgan chempionatda “Liverpul”ning Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan Muhammad Salohning bu mavsum boshi muammolardan chiqmaydigan ko‘rinadi.
Yaqinda zaxiraga o‘tqazib qo‘yilganiga e’tiroz bildirib klub rahbariyati va bosh murabbiy Arne Slotni ommaviy tarzda tanqid qilgan misrlik futbolchi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlardan keyin yana maydonga tushirilgan edi.
Endi Muhammad Saloh klub mutasaddilari uning pozitsiyasiga “Bornmut”dan Antuan Semenoni olib kelish harakatiga tushganini bilib qoldi. Bu holat 33 yoshli futbolchida yana norozilik keltirib chiqardi.
Saloh jurnalistlarga bergan intervyusida klubda kimdir uning ketishini istayotganini ta’kidlagan.
Football Transfers nashrining yozishicha, Muhammad Saloh intervyusida nazarda tutgan shaxs “Liverpul”ning sport direktori Maykl Edvards ekan.
Fikrlar