Saloҳ “Liverpul”dan ketadi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh mersisaydlik safini yozda tark etadigan boʻldi. Buni APL grandining matbuot xizmati maʼlum qildi.
"Muhammad Saloh 2025-26-yilgi mavsum yakunida "Liverpul"dagi yorqin faoliyatiga yakun yasaydi.
Uning merosi va yutuqlarini toʻliq nishonlash vaqti u "Enfild" bilan xayrlashayotgan yilning oxirida keladi”,- deyiladi klub bayonotida.
33 yoshli misrlik yulduz “qizillar” safida barcha musobaqalarda 435 ta uchrashuvda maydonga tushib, 255 ta gol va 122 ta assist qayt etgan.
Fikrlar