
"Saloh Messiga aylandi"
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker APL doirasida "Uotford"ga qarshi o‘yinda gol urgan va assistentlik qilgan "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.
"Yaxshi, yaxshi! Saloh Messiga aylandi.
Menga Muhammad juda yoqadi. U uchrashuv qanday o‘tmasin, doim tabassum bilan o‘ynaydi. Ajoyib futbolchi va yorqin shaxs", - dedi Lineker.
Mane, Saloh, Firmino triosi kecha "Uotford"ga qarshi to‘qnashuvda jami 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
29 yoshli vinger bu mavsum umumiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar