Saloh yangi shartnoma ko‘ra, qancha maosh oladi?

  • 11.04.2025 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Muhammad Saloh "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzoladi va mersisaydliklar safida yana ikki mavsum qoladi.

"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, misrlik hujumchi yangi kelishuvni avvalgi shartlar asosida qabul qilgan — yiliga 20 million funt (ya’ni haftasiga taxminan 400 ming funt) maosh oladi. Ushbu summaga bonuslar uchun to‘lovlar ham kiradi — masalan, agar u mavsumda kamida 20 ta gol ursa, qo‘shimcha mukofot oladi..

Saloh 2017 yildan beri "Liverpul" safida to‘p surmoqda va shu vaqt mobaynida klub bilan 7 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, APL va Chempionlar ligasini. 

Joriy mavsumda u APL doirasida 31 ta o‘yinda 27 ta gol va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!