
Sambo: Jahon chempionatining dastlabki kunida 8 ta medalni qo‘lga kiritdik
Xabaringiz bor bugun poytaxtimizda sambo bo‘yicha ilk bora o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Ushbu turnir “O‘zbekiston” sport majmuini universal saroyida o‘tkazilmoqda. Jahon chempionatining birinchi kuni keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Muxlislar tashrifi ham albatta ko‘zni quvontiradi. Chunki ko‘plab muxlislar tashrifi samboga bo‘lgan qiziqish yurtimizda tobora ortib borayotganligining yaqqol ifodasidir. Tashkilotchilik ham juda yuqori darajada ekanligi ham tashrif buyurgan mexmonlarga qulaylik tug‘dirmoqda. Matbuot xodimlariga yaratilgan imkoniyatlar esa shunchaki “super” ko‘rinish olgan! Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi mazkur jahon chempionatiga har tomonlama puxta tayyorlanganligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
Demak birinchi kungi g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing...
O‘smirlar (qizlar)
44 kg
Liliana Salimianova (Rossiya)- oltin
Ana Mariya Stroe (Ruminiya) – kumush
Burnebayar Ganbold (Mo‘g‘uliston) – bronza
Nargizaxon Abdulatipova (O‘zbekiston) – bronza
56 kg
Viktoriya Sergievskaya (Rossiya) – oltin
Varsik Grigoryan (Armaniston) -kumush
Alena Kupava ( Belarussiya) – bronza
Roza Nurmaxammetova (Qozog‘iston) – bronza
68 kg
Sarull Otgonbayar (Mo‘g‘uliston) – oltin
Vladislava Toroptseva (Ukraina) – kumush
Yulduz Uzoqova (O‘zbekiston) – bronza
Ekaterina Muytareva (Rossiya) - bronza
Yoshlar (qizlar)
40 kg
Munisa Eshkulova (O‘zbekiston) – oltin
Laura Veslopolova (Rossiya) – kumush
Aruzxan Arman (Qozog‘iston) – bronza
Yarina Fyodorochenko (Ukraina) – bronza
52 kg
Sofiya Bordiniskiy (Ukraina) – oltin
Oksana Kobeleva (Rossiya) – kumush
Myagmarjav Vachindorj (Mo‘g‘uliston) – bronza
Diana Jukava (Belorussiya) – bronza
65 kg
Kseniya Samarina (Rossiya) -oltin
Jahona Esonova (O‘zbekiston) – kumush
Mariya Laurent (Frantsiya) – bronza
Parizod Jonuzak (Qozog‘iston) – bronza
O‘smirlar (o‘g‘il bolalar)
48 kg
Jorji Mexrishvili (Gruziya) -oltin
Aminjon Xolov (Tojikiston) -kumush
Bektosh Nazarov (O‘zbekiston) – bronza
Xojiakbar Raximjonov (Rossiya) -bronza
62 kg
Arxat Anuarbek (Qozog‘iston) – oltin
Enebish Battseren (Mo‘g‘uliston) – kumush
Saba Grigolashvili (Gruziya) – bronza
Narek Dallaxyan (Armaniston) – bronza
82 kg
Nikolay Chekurov (Rossiya) – oltin
Askarbek Avganov (O‘zbekiston) – kumush
Mishiko Nozadze (Gruziya) -bronza
Stanislav Sernichuk (Ukraina) – bronza
Yoshlar (o‘g‘il bolalar)
48 kg
Dmitriy Shilov (Rossiya) -oltin
Bekzat Mukanbetov (Qozog‘iston) – kumush
Danilo Movchan (Ukraina) – bronza
Saidali Rahimov (O‘zbekiston) -bronza
60 kg
Ilya Ilin (Rossiya) -oltin
Essentay Imaxanov (Qozog‘iston) – kumush
Buzrugmehr Isoev (Tojikiston) -bronza
Kanan Ismailov (Ozarbayjon) – bronza
75 kg
Bakojon Ashurov (O‘zbekiston) -oltin
Beksulton Duysenov (Qozog‘iston) – kumush
Dmitri Xutsishvili (Gruzya) -bronza
Timur Duysenov (Rossiya)-bronza
Jahon chempionatining birinchi kungi natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush hamda 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar