Sambochilarimiz Jahon kubogini umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda yakunlashdi

15-16 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cholpon-ota shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada 14 ta mamlakatdan 217 nafar sambochi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. 

Roman Shakirov hamda Jahongir Qoraboev ustozligidagi  o‘zbekistonlik sambochilar bahslarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilar sovrindor bo‘lishdi: 

Oltin: 

-59 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo)

Kumush: 

-79 kg: Jovid Dodoev
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova (jangovar sambo)

Bronza: 

-72 kg: Muxlisa Turdieva 
-58 kg: Munis Baxtiyorov
-64 kg: Sohibjon Nugmanov
-98 kg: Ixtiyor Eshmurodov
-58 kg: Shohruxbek Gapurov (jangovar sambo)
+98 kg: Ziyod Hakimboev (jangovar sambo)
-54 kg: Farog‘at Nurmamatova (jangovar sambo)
-80 kg: Indira Elmuratova (jangovar sambo)

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni Rossiya, ikkinchi o‘rinni esa Qozog‘iston terma jamoasi band etdi. 

Ma’lumot uchun, musobaqa davomida hamyurtlarimiz Islom Adilov, Murodxon To‘raev, Rustam Adilov va Ulug‘bek Rahmonov hakam sifatida faoliyat olib borishdi. 

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!