Samvel Babayan: "Futbol mo‘’jizasiga ham umid qilamiz"

  • 27 noyabr, 2023, 20:08
  • 5
  • Futbol

Osiyo Chempionlar ligasi (OChL) guruh bosqichi, 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Al-Hilol” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan va tajribali yarim himoyachi Azimjon Ahmedovlar qatnashib, bo‘lajak bahs borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Samvel Babayan: - Assalomu alaykum! Ertaga guruhimizda jamoamiz va raqibimiz “Al-Hilol” uchun juda muhim bo‘lgan o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ertangi raqibimiz ayni paytda qit’amizning eng kuchli klublaridan biri, juda yaxshi shakllangan, yaxshi ijrochilarga ega va hozirgi paytda  “Al-Hilol”ni Evropaning eng yaxshi mutaxassislaridan biri boshqarmoqda. Bunday raqibga qarshi esa yigitlar yuqori saviyada, fidokorlik bilan o‘ynashlari kerak. Bundan tashqari, biz ertaga o‘z maydonimizda o‘ynaymiz hamda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari ham jamoamizga ruh va kuch bag‘ishlaydi, degan umiddaman. Shuningdek, futbol mo‘’jizasiga ham umid qilamiz. Jamoamizning OChLdagi asosiy maqsadi, “pley-off”  bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Shunday ekan, bo‘lajak bahsda muxlislarimizga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizga ishga solamiz. 

Azimjon Ahmedov: - Assalomu alaykum! Ertangi o‘yin qiziqarli kechishiga shubham yo‘q. Boisi, “Al-Hilol” kuchli jamoa. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilamiz, degan umiddaman.

Fursatdan foydalanib, “Navbahor”ning OChLdagi shunday muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissasini qo‘shayotgan, jamoamiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzaqovga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
28/11/2023 08:27
Насаф мухлислари Навбахорга омад тилайди сизларга хам Насафни йулини берсин галаба килиб юзлариз ёруг булсин ОМАД.
&
Наманган
27/11/2023 21:40
Ikkinchi raqamli bolib qarshi hujumda yutmasa durrang ham orzu bòladi.himoyani yaxshi ushlasa bòlgani.
Узимдааа Мендааа
27/11/2023 20:41
Шу Азим Ахмедовдан кучли уйинчи йукми навбахорда ?
Узимдааа Мендааа
27/11/2023 20:41
Шу Азим Ахмедовдан кучли уйинчи йукми навбахорда ?
Imomali
27/11/2023 20:26
NAVBAHOR OMAD SENGA TUP DUMALOQ MAYDON TEKIS MEN BU UYINDAN DURANG KUTYAPMAH