Samvel Babayan: Holis aytadigan bo‘lsak, g‘alaba qozonishimiz kerak edi

  • 16 iyun, 2024, 23:27
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi. 

Tecno

O‘yinda bir nechta vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan darvozalar ishg‘ol qilinmadi. 

Shu tariqa, namanganliklar turnir jadvalida ikkinchi, "Paxtakor" esa 6-o‘ringa joylashdi. 

Mazkur bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matubot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida Samvel Babayanning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

- Avvalambor, hammani Qurbon Hayiti bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, biz mazkur bahsda ancha yaxshi tayyorlangandik. Oson bo‘lmasligini bilardik. "Paxtakor" tarkibida yaxshi futbolchilar bor. Biz kuchsiz nuqtalarimizni bilardik. Birinchi taymda sifatli vaziyatlar yaratdik va o‘yinda dominantlik qildik. Afsuski, yaqqol golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda esa pressing yaxshi ishlamadi va raqib qarshi ko‘p bora qarshi hujumlarga o‘tib ketdi. Holis aytadigan bo‘lsak, bugun biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Afsuski, bu sodir bo‘lmadi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
17/06/2024 09:47
Ха САМВЕЛ качонгача кулокга лапша иласан
&
Bolelshik
17/06/2024 00:36
Muxlislarni laqillatishga usta bu odam. Toshkent jamoalarini hammasi bilan durang o'ynab chiqdi hatto Surxon (Toshkent) bilan ham, nimayam kutish mumkin. Paxtakor-yoshlari bilan Paxtakor-qarilari o'ynadi va jangovar kelishilgan durang bo'ldi