Samvel Babayan: "Ishonamanki, jamoamizni potentsiali yuqori"

  • 24.12.2025 00:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi oldidan “Al Tumama” stadionida tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Damir Temirov ishtirok etdilar. 

Samvel Babayan: - Xayrli kech. Ertaga jamoamizni juda muhim o‘yin kutib turibdi. Yana bir bor Qatarda bo‘lib turganimdan xursandman. Bu erda futbol uchun juda ideal sharoitlar yaratilgan. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Biz juda yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushamiz. “Al-Ahli” - bu Qatar futbolining tarixi hisoblanadi. Bu klubda saviyali o‘yinchilar jamlangan. Yulian Drakslerni alohida ta’kidlab o‘tish kerak. U “Al-Ahli”dagi statusi yuqori bo‘lgan legionerlardan biri. Biz ertaga kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Ko‘p narsaga e’tibor bermaymiz va o‘z maqsadimizga erishish uchun harakat qilamiz. Yaqindagina klubni qabul qilib oldim. Jamoa biroz qiyin vaziyatda qolgan. Oldimizda ikkita muhim o‘yin qolgandi. Biri chempionatda, ikkinchisi OChL 2 musobaqasida. Birinchisini yaxshi bajardik, ikkinchisi esa ertaga bo‘ladi. Boshchiligimda albatta bu vazifani ham bajarishga harakat qilamiz. Ijobiy natijaga erishib guruhdan chiqishga intilamiz. 

Damir Temirov: - Jamoamizda muhit zo‘r. Hammamiz jangovar holatda keldik. Xudo xohlasa, ertaga yutishga harakat qilamiz.

- Ertangi uchrashuvda kimlar maydonga tusha olmaydi?

Samvel Babayan: - Afsuski, bizda bir qator yo‘qotishlar bor. Oilaviy sabablarga ko‘ra asosiy o‘yinchilarimizdan biri Otabek Jo‘raqo‘ziev bu o‘yinga kela olmadi. Mavsum oxirlariga yaqin bir qator futbolchilarda jarohatlar bor edi. Lekin iloji boricha ushbu uchrashuvga yaxshi holatda etib kelishga harakat qildik. 

- Sizni Qatar jamoalariga qarshi o‘yinlardagi natijangiz ijobiy. Masalan, oxirgi marta “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida bu erda “Al-Vakra”ni mag‘lub etgansiz. Ya’ni, Qatardagi g‘alabali yurishingizni bu safar ham davom ettirishingizga qanchalik ishonyapsiz?

Samvel Babayan: - Ha, haqiqatan Qatar jamoalariga qarshi o‘ynash borasida tajriba ko‘p. 2023 yilda “Navbahor”ni o‘zim tuzgandim. Yaxshi natijalar ko‘rsatgan. O‘zim yig‘ganim uchun o‘yinchilar falsafamizni to‘liq tushunib etishgandi. Hozirgi paytga to‘xtalsam, men 4 hafta avval jamoani qabul qilib oldim. Ya’ni, klub qanday holatda bo‘lsa shundayligicha qabul qildim. Uch haftadan beri biz birgalikda qattiq ishlayapmiz. Ishonamanki, jamoamizni potentsiali yuqori. Shuni aytishim mumkinki, o‘tgan turda o‘z uyida “Arkadag”ni yutib, vazifani hal qilsa bo‘ladigan darajada salohiyati yuqori jamoa edi. Jamoa bilan birga bo‘lib, mashg‘ulotlarni o‘tkazib, klubni salohiyati yuqori ekaniga ishonch hosil qildim. Lekin shunday bo‘lsa-da, bu hol ertangi uchrashuv oldidan zimmamizdan mas’uliyatni olib qo‘ymaydi. Hozir shunday holatdamizki, biz yanada jipslashishimiz kerak. Avvalgi qilingan xatolarni to‘g‘rilashimiz va guruhdan chiqish vazifasini bajarishimiz kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!