Samvel Babayan: "Kerakli natijaga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz"

  • 18.12.2025 22:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon”ning O‘zbekiston U21 termasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

- Bugungi o‘rtoqlik uchrashuvi oldimizda turgan Osiyo Chempionlar ligasi o‘yini oldidan oxirgi tayyorgarlik bosqichi bo‘ldi. Chempionat yakunlanganidan keyin yigitlarga 5 dekabrgacha xordiq bergandik va shu sanadan tayyorgarlikka kirishganmiz. Albatta, tarkibimizda muammolar bor edi, jumladan, jarohatlanganlar bir nechtani tashkil qiladi. Qiyin mavsumdan keyin jarohat olganlar 2-3 kun oldin ko‘shilishdi, optimal tarkibni shaklantira olmadik. Shunday bo‘lsa-da, shu o‘yinlar orqali imkoniyatlarimizni ko‘rib oldik. Yigitlar talablarimizni a’lo darajada bajarishdi, ayniqsa, “Bunyodkor” bilan bo‘lgan chempionatdagi oxirgi bahsda yaxshi o‘yin namoyish etishimizni shu o‘yin orqali namoyish etishdi.

Ertaga Qatarga jo‘nab ketamiz va u erda 4 kun mashg‘ulot o‘tkazamiz. Shu orqali “Al-Ahli”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Umuman olganda, jamoamizning tayyorgarligi yaxshi o‘tdi. Kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Bir narsani aniq ayta olamanki, jamoadagi hamma, o‘z ishimizga professionallarcha maksimum yondashib harakat qilsak, albatta, natijaga erishamiz. Yigitlar professional. Ular o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi va kerakli natijaga erishishga bor kuchimiz bilan maksimal harakat qilamiz. Murabbiylar shtabi bilan yigitlarga motivatsiya beradigan uslublar ustida ishlamoqdamiz.

Viloyat hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboevich ham jamoa bilan uchrashib, yigitlarga yaxshi motivatsiya berdilar. “Bunyodkor” bilan o‘yindan xursand bo‘lib, shunday ruhda o‘ynashimiz kerakligini aytib o‘tdi. Ta’kidlab o‘tganimdek, ertaga Qatarga jo‘nab ketamiz va 4 kun shug‘ullanamiz. 24 dekbar kungi o‘yinga hammamiz optimal tarkibda bo‘lamiz va Xudo xohlasa, ijobiy natijaga erishamiz", - dedi Samvel Vyacheslavovich.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!