
Samvel Babayan OKMKdan uchralgan alamli mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasida OKMK klubiga qarshi bahsda mag‘lub bo‘lgan “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yinlarga qanday baho berayotgani, raqib nimani evaziga o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirib olgani, jamoasiga kimlar etishmagani va kamchiliklari haqida gapirdi.
“Avvalo, aytishim kerak-ki, “Navbahor”ning OKMKga qarshi o‘yinlari so‘nggi yillarda chempionatning bezagiga aylanib bormoqda. Bugun gol urib olgach, g‘alabaga muddatidan avval ishonib yubordik shekilli, o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘ydik. Jamoamni taniy olmay qoldim. OKMK bugun harakter ko‘rsatdi va g‘alabaga erishdi. Qaerda va qanday xatolarga yo‘l qo‘ydik – bularni analiz qilamiz va ular ustida ishlaymiz”, - deydi Babayan.
“Bugun bizga Yaxshiboev va Hoshimovning maydondagi o‘rinlari bilindi. Zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilarda esa, sifat etishmadi”.
“Jamoamga harakter va konsentratsiya etishmayapti. Qaytaraman, bugun bizda sifat etishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning sifati biz kutgan darajada emas. Mulohaza qilishimiz uchun sabablar etarlicha. Ular ustida albatta ishlaymiz”.
O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar