San-Marino FIFA reytingida 3 pog‘ona yuqoriladi, ammo baribir so‘nggi o‘rinda qoldi. Qanaqasiga?!
San-Marino terma jamoasini ko‘pchilik dunyodagi eng kuchsiz terma jamoa deb biladi. Shunga qaramay, ushbu davlat FIFA reytingida uch pog‘onaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Endi ular 211- emas, 208-o‘rinni egallab turishibdi.
Biro San-Marino jamoasi reytingida so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. Qanaqasiga dersiz? Hammasi oddiy – Amerika Samoasi, Samoa va Tonga terma jamoalari oxirgi to‘rt yil davomida rasmiy o‘yin o‘tkazmagani uchun reytingdan chiqarildi.
FIFA reytingida Argentina etakchiligicha qolmoqda. Keyingi o‘rinlarda Frantsiya va Braziliya terma jamoalari joy olgan.
Fikrlar