Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sancho zo‘r, lekin o‘rniga Keyn kerak!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qiyin tanlov

“Manchester Yunayted” tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Pol Skoulz  jamoa rahbariyatiga Sancho transferidan voz kechib, Harri Keynni olishni maslahat berdi.

- Meni noto‘g‘ri tushunmang, Sancho haqiqatan zo‘r futbolchi. U dunyoning har qanday jamoasini, xususan, “Liverpul”, “Barselona”, “Real” va “Manchester Siti”ni ham kuchaytira oladi. Uning statistikasi Sancho ko‘p golli vaziyat yarata olishi va ko‘p gol urishini ko‘rsatmoqda. Uning “Manchester Yunayted”ga manfaat keltirishi ham bor gap.

Biroq, hozir Sulsherda o‘yin uslubi Sanchoniki bilan bir xil bo‘lgan uch nafar qanot hujumchisi bor. Ular Jeydonchalik zo‘r bo‘lmasa ham, jamoaga katta foyda keltira oladi. Hozirgi sharoitda Sanchoga qaraganda jamoaga ko‘proq Harri Keyn kerak. “Yunayted” ko‘p gol uradigan markaziy hujumchiga muhtoj. Bu shubhasiz Harri Keyn, - dedi Skoulz.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q