"Santos" Neymar bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirmoqchi
Braziliyalik hujumchi Neymarning "Santos" bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabrgacha mo‘ljallangan. "Marca" nashrining xabariga ko‘ra, klub 33 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv imzolash bo‘yicha muzokaralarni faol olib bormoqda va ular ancha ilgarilab ketgan.
Tomonlar o‘rtasida o‘zaro tushunish mavjud, biroq yakuniy kelishuvga erishish rejalashtirilgan uchrashuv sanasi hozircha aniq belgilanmagan.
Manbalarga ko‘ra, Neymarga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda, jumladan "Flamengo" ham uni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Braziliya chempionatida Neymar 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.
Fikrlar