Sardor Rahmonovning "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasi bekor qilindi

  • 12 oktabr, 2023, 16:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliganing 21-turi doirasidagi OKMK — "So‘g‘diyona" uchrashuvida bosh hakam Ibrohim Ismoilov tomonidan Sardor Rahmonovga qizil kartochka ko‘rsatilgandi.

OKMK matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi, ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekspert-hakamlar komissiyasi ushbu vaziyat bo‘yicha quyidagi qarorini ma’lum qilgandi: “Jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan bu holat to‘p uchun tabiiy kurash hisoblanadi, bu vaziyatda penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror emas. Bosh hakamning qarori noto‘g‘ri deb topildi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!