Sarri "Fiorentina"ni boshqarishi mumkin

  • 08.10.2020 15:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus"dan iste’foga chiqarilgach, ishsiz qolgan Mauritsio Sarri faoliyatini “Fiorentina”da davom ettirishi mumkin.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 61 yoshli mutaxassis ayni damda “binafsharanglilar”ning taklifini qabul qilish uchun “Yuve” bilan tuzilgan amaldagi shartnomani bekor qilish masalasida ish olib bormoqda.

“Fiorentina”ni hozir Juzeppe Yakini boshqarmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa A Seriyaning dastlabki 3 turida 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!