Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlari jadvalida kim etakchi?
Saudiya Arabistoni Pro-ligasida bir qator top straykerlar harakat qiladi va shunga yarasha to‘purarlik poygasida raqobat jiddiy.
Ayni vaqtda Jahon futboli yulduzlari orqali, darajasi ortib borayotgan Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 9 ta tur ortda qolgan. Barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlagan Riyodning "An-Nasr" klubi yakka karvonboshilik qilmoqda. "Al Hilol" va "Al Tavun" jamoalari esa kuchli uchlikni to‘ldirib turibdi. To‘purarlar jadvalida ham aynan "An-Nasr" futbolchilari etakchilik qilmoqda. Portugaliyalik futbolchi Joau Felish 11 gol urib birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 10 ta to‘p kiritgan holda ikkinchi pog‘onani band etgan. "Al Halij" futbolchisi Joshua King hisobida 9 ta gol bor.

Ma’lumot uchun, keyingi tur uchrashuvlari 19 dekabr sanasida start oladi.
Fikrlar