
Saudiya Arabistoni murabbiyi: Bu g‘alabalarimizning boshlanishi
Bugun U-23 Osiyo Kubogi final bahsi o‘tkazildi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mehmonlar ustozi Saad al-Shahri ishtirok etdi.
- Bugungi g‘alaba bilan saudiyalik muxlislarni tabriklayman. Uchrashuvni stadiondan 30 mingdan ortiq muxlis kuzatdi. Lekin futbolchilarimiz o‘z o‘yinini namoyish etib, yaxshi harakatlandi. Shuning uchun zafar quchdik. Musobaqani yaxshi boshlab, ijobiy yakunladik. Barchaga rahmat aytaman.
Musobaqaga kelganimda futbolchilar bilan yig‘ilganimizda bu erga g‘olib chiqish uchun kelganimizni aytgandim. Barcha nominatsiyalarni ham o‘zimizniki qilishni ko‘zlagandik. Biz buni uddaladik. Bu g‘alabalarimizning boshlanishi.
Chempionatni gol o‘tkazmay yakunlaganimiz sababi barcha chiziqlarni ishga tushirdik. Raqibga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ushbu vazifani uddaladik, - dedi murabbiy.
Fikrlar