Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyiga yangi ish topildi

"Nitstsa" jamoaga Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renarni taklif qilmoqchi. Bu haqda "Tuttomercato" nashri xabar tarqatdi.

Renarning Saudiya bilan amaldagi bitimi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Hozircha mutaxassis kelajakdagi rejalari borasida bir qarorga kelmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionatida Saudiya Arabistoni guruh bosqichidan chiqa olmadi. Ammo amaldagi chempionni mag‘lubiyatga uchratgan yagona jamoa sifatida tarixga kirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!