
Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustozi Frantsiyada ish boshlashi mumkin
Frantsiyaning “Nitstsa” klubi rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ularda hozircha 2 ta nomzod bor. Bular: "Spartak"ning sobiq bosh murabbiyi Domeniko Tedesko va Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar.
Shu haftada ushbu mutaxassislarning vakillari va “Nitstsa” rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda “Nitstsa” Frantsiya chempionatida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar