Saudiya Arabistonida Mbappe transferi bo‘yicha bayonot berildi

  • 18 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni professional ligasi texnik direktori Maykl Emenalo PSJ hujumchisi Kilian Mbappening bu chempionatga transferi bo‘yicha bayonot berdi.

Tecno

- Kilian Mbappe bilan muloqotga ochiqmiz, lekin biz u nima qilishni istayotganini bilmaymiz. Bizning pozitsiyamiz hammaga ayon.

Yuqori darajadagi o‘yinchilarning barchasi biz qaerda ekanimizni juda yaxshi biladi.

Agar Kilian Mbappeda biz qurayotgan loyihada ishtirok etish maqsadi hozir yoki kelajakda paydo bo‘lsa, biz bundan imkoniyatdan voz kechmaymiz. Chunki Kilian Mbappe menga yoqadigan o‘yinchi, - dedi Maykl Emenalo.

Ta’kidlash joizki, Kilian Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil 30 iyun kuni tugaydi. 24 yoshli futbolchiga “Real” va Angliyaning bir necha grandlari da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!