Saudiya Pro-ligasi. "An-Nasr" "Al-Hilol"ga qarshi bellashuvda kambek qurboni bo‘ldi
Saudiya Pro-ligasining 14-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda "An-Nasr" "Al-Hilol" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvning 42-daqiqasida Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi 959-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliyalik hujumchining goliga esa Salem Al-Dosari (57), Muhammad Kanno (81) va Ruben Nevish (90+2) javob berib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Al-Hilol" bu uchrashuvdan so‘ng ochkolar sonini 38 taga yetkazib olib, peshqadamlikni mustahkamladi. "An-Nasr" esa 31 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
- Saudiya Arabistoni - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Al Hilol
- Rúben Neves 90'
- Mohamed Kanno 81'
- Salem Al-Dawsari 57'
Tugadi
3
:
1
12.01.2026 22:30
An Nasr
- Cristiano Ronaldo 42'
Fikrlar